TOShKENT, 11 avg – Sputnik. Litvaning Trakay shahrida akademik eshkak eshish bo‘yicha yoshlar o‘rtasidagi jahon chempionati yakunlandi. O‘zbekiston tarixda ilk bor jahon chempionatida medal oldi. Bu haqda Sport vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.
Akademicheskie grebsi Uzbekistana vpervie stali prizerami chempionata mira
© Press-slujba Minsporta Uzbekistana
"Ushbu musobaqa O‘zbekiston uchun tarixiy bo‘ldi — mamlakatimiz sportchilari ilk bor jahon chempionati sovrindorlari qatoriga kirdi. Qizg‘in kurashda vakillarimiz ikki kumush medalni qo‘lga kiritishdi", - deyilgan xabarda.
Sovrindorlar:
Ayollar o‘smirlar juftligi (rulchisiz) (JW2-) — Rayhon Sattorova va Aydana Smetullayeva.
Erkaklar o‘smirlar yakkalik (JM1x) — Jamol Turg‘unov.
Akademicheskie grebsi Uzbekistana vpervie stali prizerami chempionata mira
© Press-slujba Minsporta Uzbekistana