TOShKENT, 10 avg – Sputnik. Rossiya Qurolli kuchlari Dnepropetrovsk viloyatida Ukraina Qurolli kuchlarini Donbassga o‘tkazishni ta’minlovchi temir yo‘l kesishmasiga zarar yetkazdi. Bu haqda Rossiya Mudofaa vazirligi xabar berdi.
“Tezkor-taktik aviatsiya, zarba beruvchi uchuvchisiz uchish apparatlari, raketa qo‘shinlari va Rossiya Federatsiyasi Qurolli kuchlari qo‘shinlari guruhlarining artilleriyasi Dnepropetrovsk viloyatidagi temir yo‘l kesishmasiga, uzoq masofali uchuvchisiz uchish apparatlari omborlariga, shuningdek, 134 ta tumanda Ukraina qurolli tuzilmalari va xorijiy yollanma askarlarni vaqtincha joylashtirish punktlariga zarar etkazdi”, — deyiladi Rossiya Mudofaa vazirligi xabarida.