Samarqandni 2030-yilgacha ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish chora-tadbirlari belgilandi

Samarqand viloyatini 2030-yilgacha rivojlantirishning asosiy maqsadli ko‘rsatkichlari belgilandi.
Sputnik
TOShKENT, 9 avg – Sputnik. 7 avgust kuni “Samarqand viloyatini 2030-yilga qadar ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi prezident qarori (PQ–244-son) qabul qilindi.
Quyidagilar Samarqand viloyatini 2030-yilgacha rivojlantirishning asosiy maqsadli ko‘rsatkichlari etib belgilandi, jumladan:
yalpi hududiy mahsulot hajmini 165 trln so‘mga yetkazish;
sanoat va xizmatlar sohasida jami 6,8 mlrd dollar ekvivalentidagi loyihalarni amalga oshirish;
sanoat, xizmatlar va turizm eksporti hajmini 3,5 mlrd dollarga yetkazish.
Qarorga ko‘ra, Samarqand viloyati hokimligi muassisligida davlat va tadbirkorlar o‘rtasida ko‘prik vazifasini bajaruvchi “Samarqand Invest kompaniyasi” AJ tashkil etiladi.
Kompaniyaning alohida yo‘nalishlar bo‘yicha loyiha ofislarini tashkil etish va ularni moliyalashtirish masalalari uning muassisi tomonidan belgilanadi.
Samarqandda “Nurobod texnoparki” maxsus sanoat zonasi tashkil etiladi