TOShKENT, 9 avg – Sputnik. Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi (YeOII) da davlat nazorati organlari va akkreditatsiya organlarining bojxona organlari bilan o‘zaro hamkorligi mexanizmi ishlab chiqilmoqda. Bu haqda Yevroosiyo iqtisodiy komissiyasi (YeIK) matbuot xizmati xabar berdi.
Ushbu mexanizm 8-avgust kuni YeIK Texnik jihatdan tartibga solish vaziri Valentin Tatariskiy raisligida YeIK Bojxona hamkorligi vaziri Ruslan Davidov ishtirokida bo‘lib o‘tgan yuqori darajadagi uchrashuvda muhokama qilindi.
Tadbir Komissiya tomonidan a’zo davlatlar bilan birgalikda ishlab chiqilayotgan Ittifoqning texnik reglamentlari talablariga muvofiqligini milliy davlat nazorati organlari, shuningdek, akkreditatsiya organlari o‘rtasida o‘zaro hamkorlik qilish tartibini ko‘rib chiqish doirasida bo‘lib o‘tdi.
Yig‘ilishda majburiy talablar yoki mahsulot muvofiqligini baholashning belgilangan tartiblari buzilgan holda berilgan muvofiqlikni baholash hujjatlari bo‘yicha qarorlar qabul qilish masalasi ham ko‘rib chiqildi.