O‘zbekiston chempionati va “Toshkent konkilari” klublar turniri qanday o‘tdi — video

Sportchilar turnirning bir necha toifalarida bellashdi. Ularning eng yaxshilari kubok, medal va esdalik sovg‘alar bilan taqdirlandi.
Sputnik
Toshkentda figurali uchish bo‘yicha O‘zbekiston chempionati va "Toshkent konkilari" turniri o‘tkazildi. Tadbirning asosiy maqsadi sportni rivojlantirish va mamlakat terma jamoasini shakllantirishdir.

“Umumiy vazifamiz — mamlakatda figurali uchishni rivojlantirish. Maqsad chempionlar, sovrindorlarni aniqlash, terma jamoani shakllantirish hamda o‘zbekistonlik sportchilarning yanada yuqori darajada uchishlari uchun kerakliqadamlarni belgilashdir”, — dedi Xalqaro konkida uchish ittifoqi vitse-prezidenti Aleksandr Lakernik.

Musobaqalarda 7 yoshdan 21 yoshgacha bo‘lgan o‘smirlardan sport ustalarigacha bo‘lgan 45 nafar figurali uchuvchi ishtirok etdi. Musobaqalar 6-7 avgust kunlari bo‘lib o‘tdi.
“Bu musobaqalarda qatnashish biz uchun juda muhim. Boshqalarning qanday uchayotganini ko‘rish va yil davomida o‘rganganlarimizni ko‘rsatish”— dedi chempionat ishtirokchisi Sevinch Rahimova.
Ikki kun davomida sportchilar turnirning bir necha toifalarida bellashdi. Ularning eng yaxshilari kubok, medal va esdalik sovg‘alar bilan taqdirlandi.
Batafsil Sputnik videosida.