Andijon viloyatida 4 balli zilzila yuz berdi

Zilzila episentri Marhamat tumani. Yer silkinishi Farg‘ona va Namangan viloyatlarida 2−3 ball bo‘lib sezildi.
Sputnik
TOShKENT, 8 avg – Sputnik. 8-avgust kuni soat 08:58 da Andijon viloyati Marhamat tumanida 4 balli zilzila qayd etildi. Bu haqda FVV Seysmoprognostik monitoring respublika markazi xabar qildi.
Zilzila episentri Toshkentdan 268 km janubiy-sharq joylashgan. Magnitudasi 4,2 ballni, chuqurligi 15 kilometrni tashkil etgan.
Vodiy viloyatlarida sezilish kuchi:
Andijon viloyatida 3 ball, 29 km.
Farg‘ona viloyatida 2−3 ball, 45 km.
Namangan viloyatida 2 ball, 72 km.
Qirg‘izistondagi zilzila kuchi Andijonda ham sezildi