O‘zbekiston va YeOII

YeIK va Belarus sanoat sohasidagi hamkorlikni kengaytiradi

Tomonlar sanoat sohasidagi hamkorlikning dolzarb masalalarini muhokama qildi.
Sputnik
TOShKENT, 7 avg – Sputnik. Yevrosiyo iqtisodiy komissiyasi (YeIK) sanoat va agrosanoat kompleksi vaziri Goar Barsegan EIK shtab-kvartirasida Belarus sanoat vaziri Andrey Kuznetsov bilan ishchi uchrashuv o‘tkazdi. Bu haqda YeIK matbuot xizmati xabar berdi.
Tomonlar sanoat sohasidagi hamkorlikning dolzarb masalalarini, Minskda bo‘lib o‘tadigan INNOPROM xalqaro sanoat ko‘rgazmasi doirasida qo‘shma tadbirlarni tayyorlashni, shuningdek, Belarus korxonalarining sanoat kooperatsiyasi loyihalarida ishtirok etishini muhokama qildilar.
Goar Barsegan Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqining sanoat kun tartibini amalga oshirishda Belarus bilan hamkorlikning ijobiy xarakterini qayd etdi va Komissiyaning maslahat organlari faoliyatidagi faol ishtiroki uchun mamlakat vakillariga minnatdorlik bildirdi.
“Belarus Respublikasi bilan faoliyatning asosiy yo‘nalishlari bo‘yicha muntazam aloqalar hamkorlikni chuqurlashtirishga yordam beradi va yangi tashabbuslar, texnologik sheriklik va o‘zaro savdoni kengaytirish uchun poydevor qo‘yadi”, - deb ta’kidladi YeIK vaziri.
O‘zbekiston va YeOII
YeOII mamlakatlari sanoat kooperatsiyasini rivojlantiradi