Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi

Rossiya Qurolli kuchlari Ukraina gaz-transport tizimi obyektlariga zarba berdi

Rossiya havo hujumidan mudofaa tizimlari bir sutka ichida Ukraina Qurolli kuchlarining yettita boshqariladigan aviabomba va 244 ta uchuvchisiz uchish apparatlarini urib tushirdi
Sputnik
TOShKENT, 6 avg – Sputnik. Rossiya Qurolli kuchlari aviatsiya va artilleriyasi Ukraina harbiy-sanoat majmuasi korxonalari faoliyatini ta’minlovchi infratuzilma obyektlariga zarba berdi, deb xabar qildi Rossiya Mudofaa vazirligi matbuot xizmati.
"Rossiya Qurolli kuchlari qo‘shinlar guruhlarining tezkor-taktik aviatsiya, hujumchi uchuvchisiz uchish apparatlari, raketa qo‘shinlari va artilleriyasi tomonidan qaqshatqich zarba berildi", – deyiladi xabarda.
Umuman aytganda, harbiy-sanoat majmuasi korxonalari faoliyatini ta’minlovchi infratuzilma obyektlari, uzoq masofali uchuvchisiz uchish apparatlari omborlari, harbiy-sanoat majmuasi korxonalari faoliyatini ta’minlovchi infratuzilma obyektlari, shuningdek 142 ta hududda Ukraina Qurolli kuchlari tuzilmalarining va xorijiy yollanma askarlarining vaqtincha joylashtirish punktlariga zarba berildi.
Bundan tashqari, havo hujumidan mudofaa vositalari 7 ta boshqariladigan aviabomba va 244 ta samolyot tipidagi uchuvchisiz uchish apparatlarini urib tushirgan.
Maxsus harbiy operatsiya boshlanganidan buyon Ukrainaning jami:
664 ta samolyoti;
283 ta vertoloti;
74 970 ta droni;
625 ta zenit-raketa komplekslari;
24 464 ta tanki va boshqa jangovar zirhli mashinalari;
1584 ta baravar o‘t ochish reaktiv tizimlarining jangovar mashinalari;
28 214 ta dala artilleriya va minomot qurollari;
39 180 ta maxsus harbiy avtomobil texnikasi yo‘q qilindi.
Rossiya Qurolli kuchlari Ukraina infratuzilmasiga zarbalar berishni Qrim ko‘prigidagi teraktdan ikki kun o‘tib, 2022-yil 10-oktabrda boshladi. Rossiya rasmiylariga ko‘ra, ushbu terakt ortida Ukraina maxsus xizmatlari turgan.
Rossiya harbiylari shaxsiy tarkib, texnika va yollanma askarlar joylashgan joylarga, shuningdek, hududiy “voyenkomatlar”, energetika, mudofaa sanoati, harbiy boshqaruv va aloqa obyektlariga zarba bermoqda. Shu bilan birga, Kreml vakili Dmitriy Peskov armiya turar-joy va ijtimoiy muassasalarga zarba bermayotganini bir necha bor ta’kidlagan.
Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi
Rossiya harbiylari Ukraina Qurolli kuchlari aerodromlariga guruhli zarba berdi