Qashqadaryo viloyatidagi “zapravka”da yong‘in sodir bo‘ldi

Ko‘kdala tumanidagi yoqilg‘i quyish shoxobchasida yana favqulodda holat: yoqilg‘i quyish shoxobchasidagi halokatli yong‘indan uch hafta o‘tib, xuddi shu hududda yana yong‘in sodir bo‘ldi - haydovchi jarohat oldi.
Sputnik
TOShKENT, 6 avg – Sputnik. Kecha, 5-avgust kuni, soat 22:20 da Qashqadaryo viloyati, Ko‘kdala tumani, “Oltindala” MFYda joylashgan avtomobillarga gaz quyish shoxobchasi hududida propan suyultirilgan gaz tashuvchi avtotsisternadan propan saqlash rezervuarga yoqilg‘i to‘kish vaqtida chaqnash sodir bo‘lib, yong‘in sodir bo‘lgan. Bu haqda FVV mabuot xizmati xabar berdi.
Voqea joyiga zudlik bilan 5 ta yong‘in-qutqaruv ekipaji yetib borib, yong‘in soat 22:30 da qurshab olingan va soat 22:50 da batamom o‘chirilgan.
Yong‘in oqibatida avtotsisterna va sig‘imi 10 kub metr bo‘lgan gaz rezervuari yonib zararlangan, avtotsisterna haydovchisi esa yengil kuyish tan jarohati olgan.
Eslatib o‘tamiz, 16-iyul kuni ham xuddi shu mahallada joylashgan gaz quyish shoxobchasida yong‘in sodir bo‘lib, hodisa oqibatida to‘rt kishi halok bo‘lgan edi.
Kitob tumanida qir-adirlarda yong‘in sodir bo‘ldi