Navbahor Hamidova: O‘zbekiston ayollar boksini o‘zgartirgan chempion hikoyasi

Navbahorni sportga orzu yetaklab kelgan. Yoshligidan Olimpiadaga borish va jahon chempioni bo‘lishni orzu qilgan. Bugungi kunga kelib uning orzulari ro‘yobga chiqdi.
Sputnik
Navbahor Hamidova – boks bo‘yicha jahon chempioni, uch karra Osiyo chempioni, uch karra Jahon chempionati sovrindori va oltin medal sohibiman. Boks bilan sakkiz yildan beri shug‘ullanib keladi. E’tiborlisi, u boks bo‘yicha Jahon kubogida oltin medalga sazovor bo‘lgan ilk o‘zbekistonlik ayol.
Lekin u faqat bu yutuq bilan tanilmadi: sportchi jinsini o‘zgartirganlikda gumon qilinayotgan jazoirlik bokschi Iman Xalif bilan hayratlanarli jang o‘tkazdi.
Sputnik O‘zbekistonga bergan intervyusida Hamidova ushbu jang tafsilotlari, o‘zining sevimli sportchisi Busenaz Surmeneli bilan jangi haqida hamda motivatsiya, mashg‘ulotlar, stereotiplar va mamlakat tarixiga kirgan g‘alabasi to‘g‘risida batafsil so‘zlab berdi.