TOShKENT, 5 avg – Sputnik. Rossiya Federatsiya Kengashi raisi Valentina Matviyenko Gaguziya rahbari Yevgeniya Gutsulga nisbatan chiqarilgan hukmni siyosiy qatag‘onning dahshatli voqeasi deb atadi
“Bugun Kishinyovning Sandu rejimi sud organlari orqali amalga oshirgan harakati – bu shunchaki Gagauziyada xalq tomonidan saylangan siyosatchiga nisbatan dahshatli siyosiy qatag‘on akti emas. Balki bu G‘arb pul tikkan o‘z ismi va familiyalari bo‘lgan, muayan shaxslarning o‘rta asrlardagi vahshiy mohiyatining namoyon bo‘lishi hamdir”, - deya yozdi Matviyenko o‘zining Telegram-kanalida.
Rossiya Federatsiya Kengashi raisi Moldova hukumati Moldovada hokimiyatni to‘liq qo‘lga olishlariga to‘sqinlik qilayotgan insonning siyosiy taqdirini murakkablashtirish bilan cheklanmay, ikki nafar voyaga yetmagan farzandi bor ayolni uzoq yillarga qamoqqa tashlash haqida xotirjam qaror qilgan.
“Bu misli ko‘rilmagan antigumanizm harakati Yevropa tomonidan qo‘llab-quvvatlangan. Bunga hech qanday shubha yo‘q”, - deya ta’kidladi u.
Matviyenko Yevgeniya Gutsulni tahqirlashni darhol to‘xtatish masalasi barcha mumkin bo‘lgan maydonlarda ko‘tarilishi kerakligini urg‘uladi.
“Bu shunday holatki, dunyodagi xalqaro inson huquqlari tashkilotlari o‘zlari tashkil etilgan maqsadlarni amalga oshirishga qodir ekanliklarini amalda isbotlashlari shart”, - deya xulosa qilgan siyosatchi.
Seshanba kuni Kishinyov sudi Gutsulni Moldovada taqiqlangan “Shor” partiyasini moliyalashtirish ishi yuzasidan 7-yilga ozodlikdan mahrum qildi. Sud hukmi zudlik bilan ijro etilishi shart. Gaguziya rahbari himoyachisi hukm ustidan shikoyat keltirishini ma’lum qilgan.