Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi

Miroshnik: Kiyev Rossiyaning gumanitar tanaffuslar bo‘yicha taklifga javob bermadi

Rossiya Ukrainaga front chizig‘ida 24-48 soat davom etadigan qisqa muddatli gumanitar tanaffuslar e’lon qilish imkoniyatini ko‘rib chiqishni taklif qilgan.
Sputnik
TOShKENT, 5 avg – Sputnik. Ukraina tomoni Rossiyaning jangovar to‘qnashuv chizig‘ida qisqa muddatli gumanitar tanaffuslar joriy etish taklifiga haligacha aniq javob bermadi. Bu haqda "Rossiya 24" telekanali efirida Kiyev rejimi jinoyatlari bo‘yicha Rossiya Tashqi ishlar vazirligining o‘ta maxsus topshiriqlar bo‘yicha elchisi Rodion Miroshnik ma’lum qildi.
"Hozircha Kiyev tomonidan "ha, biz tayyormiz, keling, bu tashabbusni amalga oshirishga o‘taylik" mazmunidagi aniq munosabat bildirilmadi," - dedi u.
Miroshnikning ta’kidlashicha, Ukraina, aksincha, yolg‘on bahonalar orqali tanaffuslarga ega bo‘lib, harbiy salohiyatini kuchaytirish va mojaroni davom ettirish uchun ulardan foydalanishga harakat qilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, 23-iyul kuni Rossiya Ukrainaga front chizig‘ida 24-48 soat davom etadigan qisqa muddatli gumanitar tanaffuslar e’lon qilish imkoniyatini ko‘rib chiqishni taklif qildi. Rossiya prezidenti yordamchisi Vladimir Medinskiyning so‘zlariga ko‘ra, tashabbus halok bo‘lganlarning jasadlarini va yaradorlarni evakuatsiya qilish uchun sanitar guruhlari xavfsizligini ta’minlashga qaratilgan edi.
Ushbu tashabbus gumanitar nuqtayi nazardan muhim bo‘lishiga qaramay, Kiyev haligacha rasmiy munosabat bildirmagan.
Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi
Bizga uzoq muddatli tinchlik kerak: Lukashenko bilan uchrashuvda Putinning asosiy bayonotlari