Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi

Tramp maxsus vakilining Rossiyaga tashrifi sanasini ma’lum qildi

Bu yil boshidan buyon Stiv Uitkoffning Rossiyaga to‘rtinchi tashrifi bo‘ladi.
Sputnik
TOShKENT, 4 avg – Sputnik. AQSh prezidentining Yaqin Sharq bo‘yicha maxsus vakili Stiv Uitkoff 6 yoki 7-avgust kunlari Rossiyaga tashrif buyurishi mumkin. Bu haqda Amerika prezidenti Donald Trapm ma’lum qildi.
“O‘ylaymanki, u Rossiyaga kelasi hafta, chorshanba yoki payshanba kuni borishi mumkin”, - dedi Oq uy rahbari.
Bu yil boshidan buyon Uitkoffning Rossiyaga to‘rtinchi tashrifi bo‘ladi. Oxirgi marta AQSh prezidentining maxsus vakili tashrif bilan Rossiyada 11 va 26-aprel kunlari bo‘lgandi. O‘shanda u Rossiya yetakchisi Vladimir Putin bilan Sankt-Peterburgda uchrashib, Ukraina mojarosini hal qilish yo‘llarini muhokama qilgandi.
Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi
Kreml Putin va Uitkoff uchrashuvi tafsilotlarini oshkor qildi