Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi

Rossiya harbiylari Ukraina Qurolli kuchlari aerodromlariga guruhli zarba berdi

Hujumdan ko‘zlanilgan maqsadlarga erishilgan va dushmanning barcha belgilangan obyektlari vayron qilingan.
Sputnik
TOShKENT, 4 avg – Sputnik. Rossiya harbiylari dushanba kuni Ukraina Qurolli kuchlarining harbiy aerodromlari infratuzilmasiga zarba berdi, deb xabar qildi Rossiya Mudofaa vazirligi.
"Bugun Ukraina Qurolli kuchlarining harbiy aerodromlari infratuzilmasiga "Kinjal" aeroballistik gipertovushli raketalari va uzoq masofali zarba beruvchi uchuvchisiz uchish apparatlaridan foydalangan holda guruhli zarba berildi," - deyiladi xabarda.
Qayd etilishicha, hujumdan ko‘zlanilgan maqsadlarga erishilgan va dushmanning barcha belgilangan obyektlari vayron qilingan.
Ukraina Raqamli transformatsiya vazirligining onlayn xaritasiga ko‘ra, so‘nggi sutkada mamlakat hududida havo trevogasi bir necha bor e’lon qilingan.
Ukraina Qurolli kuchlarining fuqarolik infratuzilmasini o‘qqa tutishiga javoban Rossiya harbiylari havo, dengiz va quruqlikdagi yuqori aniqlikdagi qurollar, shuningdek, dronlar bilan faqat Ukraina harbiy obyektlari va harbiy-sanoat kompleksi korxonalariga zarba bermoqda.
Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi
Rossiya qo‘shinlari Ukraina QKning muvofiqlashtirish va aloqa nuqtalariga zarbalar berdi