TOShKENT, 3 avg – Sputnik. O‘zbekistonga joriy yilning yanvar-iyun oylarida xorijdan qiymati 19 mln dollarga teng bo‘lgan 90 099 dona televizor import qilingan. Bu haqda Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlari darak bermoqda.
Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 43 455 donaga yoki 93,1% ga oshgan.
O‘zbekistonga joriy yilning 6 oyida eng ko‘p televizor yetkazib bergan davlatlar:
Xitoy – 63 447 dona;
Vyetnam – 10 240 dona;
Qozog‘iston – 7 410 dona;
Indoneziya – 5 652 dona;
Hindiston – 2 918 dona;
Boshqa davlatlar – 432 dona.