Tarixiy natija: Ilk bor o‘zbekistonlik kurashchi qiz jahon chempioni bo‘ldi

Qizlar o‘rtasidagi bellashuvlarda ilk bor o‘zbekistonlik kurashchi oltin medalga sazovor bo‘ldi.
Sputnik
TOShKENT, 2 avg – Sputnik. O‘zbekistonlik kurashchi Shohista Shonazarova Afinada o‘tayotgan sport kurashlari bo‘yicha U17 yosh toifasidagi jahon chempionatida oltin medalga sazovor bo‘ldi. Bu haqda Milliy olimpiya qo‘mitasi xabar berdi.
Kechagi bahslar O‘zbekiston terma jamoasi uchun tarixiy ahamiyat kasb etdi. Boisi, qizlar o‘rtasidagi bellashuvlarda ilk bor o‘zbekistonlik kurashchi oltin medalga sazovor bo‘ldi.
Shoxista Shonazarova stala chempionkoy mira po jenskoy borbe.
-40 kg vazn toifasida bahs olib borgan Shohista Shonazarova chorak finalda Germaniya, yarim finalda AQSh vakillarini birorta ball bermasdan mag‘lub etdi. O‘zbekiston vakili finalda yaponiyalik sportchini 11:0 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi.
O‘zbekistonlik kurashchi qizlar Osiyo chempionatida 4 ta medal qo‘lga kiritdi