Global tinchlik va hamkorlik: Tanzila Narbayeva Jenevada qator tashabbuslarni ilgari surdi

O‘zbekiston delegatsiyasi Jenevada Parlamentlar rahbarlarining 6-Butunjahon konferensiyasida ishtirok etdi. Konferensiyada global muammolar, parlamentlararo diplomatiya va barqaror rivojlanish masalalari muhokama qilindi.
Sputnik
TOShKENT, 1 avg – Sputnik. Oliy Majlis Senati raisi Tanzila Narbayeva boshchiligidagi O‘zbekiston delegatsiyasi Jeneva shahrida bo‘lib o‘tgan Parlamentlar rahbarlarining 6-Butunjahon konferensiyasida ishtirok etdi. Bu haqda Oliy Majlis Senati matbuot xizmati xabar berdi.
Konferensiyada global tahdidlar, qurolli mojarolar va iqlim o‘zgarishi sharoitida parlamentlararo diplomatiyaning roli, shuningdek, xalqaro hamkorlikni mustahkamlash, tinchlikni ta’minlash, adolatli boshqaruv tamoyillarini ilgari surish va parlamentlarning aholi farovonligini oshirishdagi ishtiroki masalalari muhokama qilindi.
Tanzila Narbayeva o‘z nutqida davlat rahbari tomonidan olib borilayotgan islohotlar, parlament diplomatiyasini rivojlantirish, shuningdek, hamkorlikni mustahkamlash borasidagi sa’y-harakatlarga to‘xtalib o‘tdi.
Delegatsiya Uzbekistana v Jeneve vidvinula initsiativi po voprosam globalnogo mira i sotrudnichestva
Joriy yil aprel oyida Toshkentda o‘tkazilgan Parlamentlararo ittifoqqa a’zo davlatlar 150-yubiley assambleyasining natijalari yuksak baholandi.
Unda qabul qilingan Toshkent deklaratsiyasi, mojarolarni tinch yo‘l bilan hal etish va barqaror rivojlanish masalalari bo‘yicha rezolyutsiyalar global parlamentlararo hamjihatlikning amaliy ifodasi sifatida e’tirof etildi.
Delegatsiya Uzbekistana v Jeneve vidvinula initsiativi po voprosam globalnogo mira i sotrudnichestva
Delegatsiya tashabbuslaridan birida nizolarni siyosiy-diplomatik yo‘l bilan hal etishda parlamentlar rolini kuchaytirish, xalqaro huquq normalari va BMT Ustaviga asoslangan tinchlik tashabbuslarini keng qo‘llab-quvvatlash zarurligi ta’kidlandi.
Shuningdek, Parlamentlararo ittifoq bilan birgalikda 2026-yilda Yosh parlament a’zolarining 12-Global konferensiyasini o‘tkazish tashabbusi ilgari surildi.
Delegatsiya Uzbekistana v Jeneve vidvinula initsiativi po voprosam globalnogo mira i sotrudnichestva
Bundan tashqari, 2025-yil sentabr oyida O‘zbekistonda xorijiy parlament a’zolari, nodavlat tashkilotlari va ekspertlar ishtirokida Kambag‘allikni qisqartirish bo‘yicha xalqaro konferensiya o‘tkazilishi rejalashtirilganligi aytib o‘tildi.
Parlamentlararo ittifoqning 150-yubiley assambleyasi o‘z ishini yakunladi — tafsilotlar