Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi

Bizga uzoq muddatli tinchlik kerak: Lukashenko bilan uchrashuvda Putinning asosiy bayonotlari

Putin: Rossiya birovning yeriga hujum qilgani yo‘q, o‘z hududlarini qaytarib olmoqda.
Sputnik
TOShKENT, 1 avg – Sputnik. Bugun Rossiya va Belarusm prezidentlari Vaalam orolida norasmiy uchrashuv o‘tkazmoqda. U yerda prezidentlar birgalikda ibodatdan so‘ng jurnalistlar savollariga javob berishdi.

"Yaqinda ular bizni "strategik mag‘lubiyatga uchratmoqchi edilar. Endi esa barcha choralar bilan hujumimizni to‘xtatishmoqchi. Takroran aytaman: bizga uzoq muddatli va mustahkam poydevorga ega bo‘lgan tinchlik kerak", - dedi Putin.

Vladimir Putinning boshqa bayonotlari:
Rossiyada birinchi “Oreshnik” seriali ishlab chiqarildi va u qo‘shinlarga topshirildi.
Chasov Yarning ozod qilingani rost, Rossiya Qurolli kuchlari uni bir necha kun oldin ozod qilgan. Ukraina rahbariyati buni inkor etayotgan ekan, demak ular frontdagi voqealardan xabardor emas.
Rossiya qo‘shinlari butun jangovar to‘qnashuv chizig‘i bo‘ylab oldinga siljimoqda. Rossiya birovning yerlarini bosib olayotgani yo‘q, o‘z yerlarini qaytarmoqda.
Rossiya askarlari orasida birorta ham keraksiz yo‘qotish bo‘lgani yo‘q.
“Oreshnik”ni Belarusga yetkazib berish masalasi yil oxirigacha hal qilinadi, hozir uning uchun joy tanlanmoqda.
Maxsus operatsiya hududida ijobiy natijalar rus askarlarining jasorati va qahramonligi tufayli erishilmoqda.
Korrupsiya barcha mamlakatlarda bor, gap uning darajasida.Ukrainada esa korrupsiya haddan ziyod. Uni Ukraina Korrupsiyaga qarshi kurashish milliy burosi (KQKMB) kabi tashqi institutlar yordamida yengib bo‘lmaydi.
KQKMB va Korrupsiyaga qarshi ixtisoslashtirilgan prokuratura (KQIP) bilan bog‘liq vaziyatda Ukraina hukumati o‘z suverenitetini tiklay olmay “sharmanda bo‘ldi”.
Qo‘shma Shtatlardagi “lobbichilik instituti” – bu qonuniylashtirilgan korrupsiya.
Yevropa Ittifoqi hozir umuman siyosiy suverenitetga ega emas. Bu esa iqtisodiy suverenitetni yo‘qotish bilan birga keladi.
Ukraina muzokaralari va almashinuvlarida ko‘rsatgan yordami uchun Rossiya Belarusdan minnatdor.
Rossiya maxsus operatsiyasi

Rossiya 2022-yil 24-fevral kuni Ukrainada maxsus harbiy operatsiya boshlanganini e’lon qildi. Rossiya prezidenti Vladimir Putin bu operatsiyaning maqsadi "sakkiz yil davomida Kiyev rejimi tomonidan tahqirlangan va genotsidga uchragan DXR va LXR fuqarolarini himoya qilish" deb atagan.

Buning uchun Ukrainani demilitarizatsiya (harbiy infratuzilmalarini yo‘q qilish) va denatsifikatsiya (millatchilik g‘oyalaridan tozalash) qilish talab etiladi. Shuningdek, Qurolli Kuchlar oldida Donbassni ozod qilish va Rossiya xavfsizligini kafolatlash turibdi.