TOShKENT, 1 avg – Sputnik. Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti (YeXHT) Rossiyaning ichki ishlariga qo‘pol ravishda aralashdi, deya ma’lum qildi Rossiya TIV rahbari Sergey Lavrov "Rossiyskaya gazeta" uchun yozgan "Xelsinki aktiga yarim asr: kutilmalar, real holat, istiqbollar" maqolasida.
"YeXHTning keng targ‘ib qilingan inson huquqlari vositalar to‘plami amalda Rossiya va boshqa ishtirokchi davlatlarning ichki ishlariga qo‘pol aralashish uchun amalda qo‘llanilgan va hozirda tushunarliki, o‘zi aynan shu uchun mo‘ljallangan ham edi", - deya yozadi Lavrov.
Rossiya vazirining boshqa bayonotlari:
G‘arb boshidanoq ushbu tashkilotdagi inson huquqlarini himoya qilish bo‘yicha munozaralardan Avstriyadan sharqda joylashgan mamlakatlarga neoliberal qadriyatlarni tiqishtirish, o‘zining ustozlik o‘gitlari va nodavlat notijorat tashkilotlari hamda ommaviy axborot vositalari tarmoqlari orqali o‘ziga sodiq beshinchi kolonnani yaratishga urinishlar uchun foydalangan.
YeXHT madaniyatlararo muloqotga ko‘maklashish, axborot olish imkoniyatlari, shuningdek, milliy ozchiliklar va dindorlar huquqlarini himoya qilish kabi asosiy vazifalarni kun tartibidan chiqarib tashladi.
Ukrainada rus tili va madaniyatining yo‘q qilinishi, Kiyevning Ukraina pravoslav cherkoviga qarshi kampaniyasi va uning rahbarining fuqarolikdan mahrum etilishiga qaramay G‘arb davlatlari, tashkilot bosh kotibi va institutlari sukut saqlashmoqda.
"Moldova va Boltiqbo‘yi davlatlari rusiyzabon aholisining diskrinimatsiya qilinishi, Riga va Tallinning ommaviy fuqarosizlik muammolariga loqayd munosabat bildirishi, islomofobiya va xristianofobiyaning ko‘plab ko‘rinishlari, jumladan, Daniya va Shvetsiyada Qur’onni ommaviy yoqish va Estoniya pravoslav xristian cherkoviga qarshi ta’qib qilish holatlari YeXHT ijroiya tuzilmalari tomonidan e’tiborsiz qoldirilmoqda."
Yevropa Ittifoqi mamlakatlari va Moldovada rossiyalik muxbirlarga nisbatan repressiv choralar qo‘llanilmoqda.
Ukrainada ham axborot maydoni tozalanmoqda.
Fransiyada RT telekanali va Sputnik agentligi vakillarini "OAV emas, balki Rossiya davlat tashviqot tarqatuvchilari" degan bahona bilan akkreditatsiyadan o‘tkazish rad etilmoqda.
"Aytish kerakki, aynan Fransiyaning tashabbusi bilan 1990-yildagi Yangi Yevropa uchun Parij xartiyasida EXHTning barcha ishtirokchilari o‘z hududida ham, EXHTga a’zo boshqa davlatlar hududidan ham har qanday axborotdan erkin foydalanishni ta’minlash to‘g‘risidagi tantanali va’dasi mustahkamlangan. Demak, bu va’da ham aldov bo‘lgan va endi amal qilmaydi, chunki u ham "bekor qilish madaniyati" qurboniga aylangan", - deya ta’kidlaydi Rossiya TIV rahbari.