Medvedev: Trampning keskin so‘zlari Rossiyaning haqligini tasdiqlaydi

Tramp Rossiya va Ukraina o‘rtasidagi mojaroni hal qilish uchun bergan 50 kunlik muddatini qisqartirganligini e’lon qildi. Bunga javoban Medvedev Rossiya Isroil emasligini, har bir yangi ultimatum esa o‘z mamlakati bilan urush tomon qo‘yilgan qadam va tahdid ekanligini eslatdi.
Sputnik
TOShKENT, 31-iyul – Sputnik. Rossiya Xavfsizlik kengashi raisi o‘rinbosari Dmitriy Medvedev Donald Trampning o‘ziga nisbatan keskin bayonotlariga munosabat bildirib, bunday munosabat faqat Rossiyaning haqligini tasdiqlayotganini aytdi.
"Agar Rossiya sobiq prezidentining ba’zi so‘zlari butun boshli dahshatli AQSh prezidentida shunday asabiy reaksiya uyg‘otsa, demak, Rossiya hamma narsada haq va o‘z yo‘lida davom etadi", - deb yozdi u Telegram-kanalida.
Medvedev, shuningdek, Trampning Rossiya va Hindistonning "o‘lik iqtisodiyoti" haqidagi bayonotiga javoban, AQSh prezidentiga o‘zi yaxshi ko‘radigan "yuradigan o‘liklar" to‘g‘risidagi filmlarini eslashni maslahat berdi.
G‘arbda "o‘lik qo‘l" deb Rossiyaning "Perimetr" ommaviy yadroviy javob zarbasini boshqarish tizimi aytiladi, u mamlakat rahbariyati halok bo‘lgan taqdirda qo‘llanishga mo‘ljallangan.
28 iyul kuni Tramp Rossiya va Ukraina o‘rtasidagi mojaroni hal qilish uchun bergan 50 kunlik muddatini qisqartirganligini e’lon qildi. Bunga javoban Medvedev Rossiya Isroil emasligini, har bir yangi ultimatum esa o‘z mamlakati bilan urush tomon qo‘yilgan qadam va tahdid ekanligini eslatdi.
Bunga Tramp Truth Social ijtimoiy tarmog‘idagi o‘z sahifasida keskin munosabat bildirib, Medvedevni "juda xavfli hududga kirib borayotganligi" to‘g‘risida ogohlantirdi.
Tramp 14-iyul kuni Moskvadan Kiyev bilan tinchlik bitimini tuzishni talab qilib, 50 kunlik ultimatum qo‘ygan. Keyinchalik esa bu muddatni 10-12 kungacha qisqartirganligini aytgandi.
Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi
Medvedev Trampning Ukraina bo‘yicha ultimatumini tahdid deb atadi