O‘zbekiston transport sohasini rivojlantirishda faol o‘rin egallamoqda, deya ma’lum qildi “Xalqaro transport yo‘laklari direksiyasi” ANT departamenti rahbari o‘rinbosari Natalya Zadonskaya Sputnik O‘zbekiston matbuot markazidagi videoko‘prik davomida.
“O‘zbekiston xalqaro transport yo‘laklarini rivojlantirish loyihalarida faol ishtirok etmoqda. Bunday yo‘nalishlardan biri Belarus, Rossiya, Qozog‘iston, O‘zbekiston, Afg‘oniston va Pokiston orqali o‘tadi. Respublika unda muhim rol o‘ynamoqda, hatto ko‘p jihatdan Rossiya Federatsiyasini ushbu yo‘nalishdagi yuk tashishlarda faolroq ishtirok etishga undamoqda”, - deya ta’kidladi u.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Belarus, Rossiya, Qozog‘iston, O‘zbekiston, Afg‘oniston va Pokistonni o‘z ichiga olgan yo‘lak bor, bunda O‘zbekiston juda muhim rol o‘ynaydi va hatto Rossiya Federatsiyasini ushbu yo‘nalish bo‘yicha yuk tashishlarga qo‘shilishga undamoqda.
“Biz memorandum imzolaganmiz va bu mavzu ham juda faol rivojlanmoqda. Raqamlashtirish haqida gapiradigan bo‘lsak, 2024-yilda Rossiya bilan O‘zbekiston hukumatlari o‘rtasida, Rossiyaning GLONASS global navigatsiya tizimining yuqori aniqlikdagi signaliga kirish imkoniyatini O‘zbekistonga berish to‘g‘risida kelishuv imzolanganidan xabaringiz bordir. Menimcha, bu ham mamlakatlarimizning o‘zaro bog‘liqligi va shu yo‘nalishda faol hamkorlikdan dalolatdir”, - dedi Zadonskaya.
Videoning to‘lig‘ini ushbu havola orqali tomosha qilishingiz mumkin.