Mirziyoyev raisligida korrupsiyaga qarshi kurashish choralari muhokama qilindi

Prokuratura tizimini to‘liq raqamlashtirish va barcha sohalar ustidan “raqamli nazorat” o‘rnatish zarurligi ta’kidlandi.
Sputnik
TOShKENT, 30-iyul – Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev maishiy korrupsiyaga qarshi kurashish va uning oldini olish chora-tadbirlari bo‘yicha taqdimot bilan tanishdi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar berdi.
Taqdimotda qo‘shimcha chora-tadbirlar muhokama qilindi.
O‘zbekistonda 43 ta nazorat idorasi bor. Hamma vazirliklarda komplayens nazorat bo‘limlari tashkil etilgan. Avvalo, ularning samaradorligini oshirish vazifasi qo‘yildi. Vazirlik va idoralar huzuridagi inspeksiyalarning bu boradagi faoliyatiga ham tanqidiy munosabat bildirildi.
Prezident Shavkat Mirziyoyev oznakomilsya s prezentatsiyey o merax po protivodeystviyu i predotvrasheniyu bitovoy korrupsii.
Prezident korrupsiyaning faqat kamaygani emas, qanchasining oldi olinganiga qarab, davlat idoralari faoliyatini baholash kerakligini ta’kidladi.
“Yer ajratish bo‘yicha shaffof tizim joriy qilingan. Lekin, joylarda bu borada noqonuniy xatti-harakatlar haligacha uchrab turibdi. Shu bois kadastr, “O‘zbekkosmos”, qurilish va boshqa tegishli tashkilotlar ma’lumotlarini tahlil qilib, bunday holatlarga butunlay chek qo‘yish shartligi ko‘rsatib o‘tildi”, - deyiladi xabarda.
Prokuratura tizimini to‘liq raqamlashtirish va barcha sohalar ustidan “raqamli nazorat” o‘rnatish zarurligi ta’kidlandi.
Prezident Shavkat Mirziyoyev oznakomilsya s prezentatsiyey o merax po protivodeystviyu i predotvrasheniyu bitovoy korrupsii.
Korrupsiyaga qarshi kurashish milliy kengashi yig‘ilishida parlamentning mas’ul qo‘mitalariga mahallagacha tushib, korrupsion holatlarning kelib chiqish sabablarini o‘rganish, davlat xaridlarida to‘g‘ridan-to‘g‘ri shartnomalarni kamaytirish, yoshlar o‘rtasida korrupsiyaga murosasizlik muhitini shakllantirish kabi dolzarb masalalarda tavsiyalar berilgan edi.
Taqdimotda bunga mas’ullar bajarilgan ishlar to‘g‘risida axborot berdi.
Suyunchi, to‘yona, rahmat: o‘zbekistonliklar qanday holatlarni "korrupsiya" deb biladi?