“Rossiya segodnya” media guruhi bosh direktori Dmitriy Kiselov:
“Bugun Rossiya fuqarolari bo‘lgan jurnalist hamkasblarimiz Igor Kartavix va Yevgeniy Belousov asossiz ayblovlar bilan Ozarbayjonda panjara ortida o‘tirganiga roppa-rosa bir oy bo‘ldi.
Yana bir bor ta’kidlamoqchimanki, butun Agentligimiz, jumladan, bizning Sputnik bo‘linmamizning tahririyat siyosati doimo biz faoliyat yuritayotgan mamlakatlar bilan do‘stona va ittifoqchilik aloqalarini mustahkamlashga qaratilgandi.
Bu qadamni ongli ravishda qo‘yganlar jurnalistlar faoliyatiga nisbatan hech qanday asosli e’tirozlar yo‘qligini bila turib, bu muqarrar ravishda Rossiya va Ozarbayjon o‘rtasidagi davlatlararo munosabatlarning murakkablashishiga olib kelishini juda yaxshi tushunishgan.
Hozir, menimcha, Igor Kartavix va Yevgeniy Belousovni asirlikdan bemalol ozod etish va shu orqali mamlakatlarimiz o‘rtasidagi munosabatlarni tiklash yo‘lida sezilarli qadam qo‘yish mumkin. Shuningdek, bu tiklanish sari sa’y-harakat har ikki tomondan zarur degan fikrga ham qo‘shilaman”.