Toshkent bir tonna batareyka topshirdi: Batareyka.uz loyihasining dastlabki natijalari

Loyiha doirasida O‘zbekistonda 100 ta ishlatilgan batareykalarni qabul qilish punktlari joylashtirilgan. Poytaxtda ular soni 50 tadan ziyod.
Sputnik
Iyun boshida O‘zbekistonda ishlatilgan batareykalarni yig‘ish bo‘yicha ilk keng ko‘lamli tashabbus yo‘lga qo‘yildi.
Loyiha tashabbuskori - bloger va ekofaol Feruzbek Sayfullayev.
U Sputnik O‘zbekistonga bergan intervyusida yig‘ilgan batareykalar qayta ishlangunga qadar qayerda saqlanishi, ularni topshirgan o‘zbekistonliklarga pul to‘lanadimi-yo‘qmi va nima uchun batareykalarni tishlash mutlaqo mumkin emasligi haqida so‘zlab berdi.