Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi

Rossiya armiyasi DXR va Zaporojyedagi ikkita aholi punktini ozod qildi

Rossiya qo‘shinlari Donbass janubi va Zaporojye viloyatida yurishni davom ettirib, Novoukrainka va Temirovka qishloqlari ustidan nazorat o‘rnatdi.
Sputnik
TOShKENT, 29-iyul – Sputnik. Rossiya qo‘shinlari DXRdagi Novoukrainka va Zaporojye viloyatidagi Temirovka qishloqlarini nazorat ostiga oldi. Bu haqda Rossiya Mudofaa vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.
"Markaz" qo‘shinlari guruhi bo‘linmalari faol harakatlar bilan Donesk Xalq Respublikasining Novoukrainka aholi punktini ozod qildi," - deyiladi vazirlik xabarida.
Shu bilan birga, harbiy xizmatchilar Dmitrov, Krasnoarmeysk, Chunishino, Artomovka, Muravka, Udachniy va Petrovskiy hududlarida Ukraina Qurolli kuchlarining yettita brigadasi harbiy tuzilmalarini mag‘lub etdi.
Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi
Medvedev Trampning Ukraina bo‘yicha ultimatumini tahdid deb atadi