TOShKENT, 29-iyul – Sputnik. AQSh prezidenti Donald Tramp Rossiya bilan “ultimatumlar o‘yini”ni o‘ynamoqda, bu tahdid va “uning mamlakati bilan” urush sari qadam. Rossiya Xavfsizlik kengashi raisi o‘rinbosari Dmitriy Medvedev shunday fikr bildirdi.
“Tramp Rossiya bilan ultimatum o‘yinini o‘ynamoqda: 50 kun yoki 10 kun... U ikki narsani yodda tutishi kerak: 1. Rossiya Isroil ham, hatto Eron ham emas. 2. Har bir yangi ultimatum - bu urush sari qo‘yilgan qadam va tahdid. Rossiya va Ukraina o‘rtasida emas, balki uning o‘z mamlakati bilan... Uyquchi Jo yo‘lidan yurmang!”, - deya yozgan Medvedev o‘zining X ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasida.
Ilgari Amerika rahbari Rossiya va Ukraina o‘rtasida sulhga erishish uchun 50 kunlik muddat belgilashi, natija bo‘lmagan taqdirda Moskva va uning hamkorlariga qarshi 100 foizlik boj joriy etmoqchi ekanini ma’lum qilgandi. Ammo 28-iyul kuni Tramp bu muddatni 10-12 kungacha qisqartirishini bildirdi.