Andijon viloyatida kanalga neft oqib ketdi

Hodisaga "Sanoat energetika guruhi" korxonasida yuz bergan avariya sabab bo‘lgan.
Sputnik
TOShKENT, 29-iyul – Sputnik. Ijtimoiy tarmoqlarda Andijon viloyatining Buloqboshi tumani Raish qishlog‘idagi kanalda neft oqayotgani aks etgan videolar tarqaldi.
Viloyat Ekologiya, atrof muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi boshqarmasi neft kanalga "Sanoat energetika guruhi" MChJ tomonidan neftni qayta ishlash oqibatida avariya holatida oqib ketganini ma’lum qildi.
"Ushbu holat to‘liq bartaraf etildi. Holat bo‘yicha “Sanoat energetika guruhi” MChJga tegishli tartibda tekshiruv o‘tkazish uchun hujjatlar rasmiylashtirildi", - deyiladi xabarda.
Boshqarma tekshirish yakuni bilan tabiatga yetkazilgan zarar va ta’sir choralari bo‘yicha qo‘shimcha ma’lumot taqdim etilishini qo‘shimcha qilgan.
1 / 4
2 / 4
3 / 4
4 / 4