Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi

Moskva ishchi guruhlar tashkil etish bo‘yicha taklifiga Kiyevning munosabatini kutmoqda

Istanbuldagi muzokaralarda Rossiya Ukrainaga onlayn ishlaydigan uchta ishchi guruh shakllantirilishni taklif qilgan.
Sputnik
TOShKENT, 28-iyul – Sputnik. Rossiya Istanbuldagi muzokaralarda uchta ishchi guruh tuzish tashabbusi yuzasidan Ukrainaning javobini kutmoqda. Bu haqda Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov ma’lum qildi.
“Yo‘q, hozircha bu masalada tushuncha yo‘q, kutmoqdamiz”, - dedi Peskov jurnalistlarga muzokaralarning uchinchi bosqichida Rossiya tomonidan taklif etilgan ishchi guruhlar tuzish masalasiga Kiyevning javobi bor-yo‘qligi haqidagi savolga javob berar ekan.
Delegatsiyalar o‘rtasidagi muzokaralarning uchinchi raundi o‘tgan hafta Istanbuldagi Chirag‘an saroyida bo‘lib o‘tdi va taxminan bir soat davom etdi. Ukrainaga onlayn ishlaydigan uchta ishchi guruh shakllantirilish taklif etildi. Tomonlar hozircha memorandumlarni kelishishdan yiroq va ikki davlat yetakchilarining uchrashuvi bu masalada “nuqta qo‘yishi” lozim”, deya ta’kidladi Rossiya delegatsiyasi rahbari Rossiya prezidenti yordamchisi Vladimir Medinskiy.
Avvalroq Rossiya va Ukraina Istanbulda ikki marta - may va iyun oylarida to‘g‘ridan-to‘g‘ri muzokaralar o‘tkazgan edi. Muzokaralar natijasida asirlar almashinuvi bo‘lib o‘tdi va Moskva Kiyev rejimiga halok bo‘lgan aksarlarining jasadlarini topshirdi. Tomonlar mojaroni bartaraf etish bo‘yicha memorandumlar loyihalari bilan ham o‘zaro almashishdi.
Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi
Rossiya Ukraina kelishuvi masalasida diplomatiyani afzal ko‘radi — Peskov