TOShKENT, 28-iyul – Sputnik. Rossiya ilk bor o‘z tarixida yolg‘iz o‘zi butun G‘arbga qarshi kurashmoqda, zaiflikka yo‘l qo‘ymaslik kerak. Bu haqda Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov “Tafakkurlar hududi” forumidaga so‘zlagan nutqida ma’lum qildi.
“Ishlarimiz talaygina. Bu ishlardan asosiysi – dushmanni mag‘lub etish. O‘z tarixida ilk bor Rossiya bitta o‘zi butun G‘arbga qarshi kurashmoqda. Birinchi jahon, Ikkinchi jahon urushida bizning ittifoqchilarimiz bo‘lgandi. Hozir jang maydonida bizning ittifoqchilarimiz yo‘q. Shu sabab o‘zimizga ishonishimiz kerak, zaiflikka yo‘l qo‘ymaslik kerak”, - dedi Rossiya TIV rahbari.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Rossiya uning talablari qonuniy ekanini ta’kidmoqda: xavfsizlikni ta’minlash, NATOning kengaymasligini, Ukrainadagi rusiyzabon aholini himoya qilish.