TOShKENT, 28-iyul – Sputnik. Yevroosiyo iqtisodiy komissiyasi (YeIK) Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi (YeOII) doirasida sanoat loyihalarini moliyalashtirishning yangi dasturini taqdim etdi.
(YeIK) sanoat va agrosanoat kompleksi vaziri Goar Barseganning ta’kidlashicha, 2025-yilgi ittifoq budjetida qo‘shma tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlash uchun 3 mlrd rubl (37,8 mln dollar) ko‘zda tutilgan.
Besh yilga mo‘ljallangan dastur YeOIIning kamida 3 ta mamlakatidan korxonalar ishtirok etishini nazarda tutadi.
Ishtirokchilar asosiy stavkaning 100 foiz miqdorida subsidiya hamda loyihalarni amalga oshirish uchun qo‘shimcha 5-6 foiz oladi. Faqat agrosanoat hamkorligi doirasida alohida muhokama qilinadigan oziq-ovqat mahsulotlarini qayta ishlash istisno bo‘ladi.
Barseganning so‘zlariga ko‘ra, biznes faol dastur bilan qiziqmoqda va YeIK allaqachon birinchi arizalarni ko‘rib chiqmoqda.
Asosiy maqsad – kelajakda sanoatni qo‘llab-quvvatlash choralarini kengaytirish uchun pilot loyihalarning integratsion samarasini namoyish qilish.