TOShKENT, 27-iyul — Sputnik. Turkmanistonda “Markaziy Osiyo milliy kunlari” tadbirlari bo‘lib o‘tadi. Bu haqda O‘zbekiston Madaniyat vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.
“Markaziy Osiyo milliy kunlari” tadbirlari joriy yilning 5-8 avgust kunlari o‘tkaziladi.
Ayni kunlarda Turkmanistonning Avaza turistik zonasida bo‘lib o‘tadigan tadbirlarga tayyorgarlik ko‘rilmoqda.
Shu munosabat bilan, O‘zbekiston madaniyat vazirining birinchi o‘rinbosari Bahodir Ahmedov boshchiligidagi delegatsiya Turkmanistonga tashrif buyurdi.
V Turkmenistane proydut meropriyatiya, posvashonnie "Natsionalnim dnyam Sentralnoy Azii"
© Ministerstvo kulturi
Tashrif davomida mazkur xalqaro tadbir doirasida o‘tkaziladigan madaniy tadbirlar, xususan o‘zbek-turkman san’atkorlari ishtirokida o‘tkaziladigan qo‘shma konsert dasturlarini va milliy ko‘rgazmalarni tashkil etish bilan bog‘liq masalalar ko‘rib chiqildi.