O‘zbekistonlik yosh taekvondochi Osiyo chempionatining eng yaxshi sportchisi bo‘ldi

Otabekov yigitlar o‘rtasida musobaqaning eng yaxshi taekvondochisi deb topildi.
Sputnik
TOShKENT, 27-iyul — Sputnik. O‘zbekistonlik yosh taekvondochi Omadbek Otabekov Osiyo chempionatining eng yaxshi sportchisi deb topildi. Bu haqda Milliy olimpiya qo‘mitasi matbuot xizmati xabar berdi.
Malayziyaning Kuching shahrida taekvondo WT bo‘yicha yoshlar o‘rtasidagi Osiyo chempionati nihoyasiga yetdi.
Ikkinchi kun dasturida -59 kg vazn toifasida bahs olib borgan Omadbek Otabekov barcha raqiblaridan ustun kelib, Osiyo chempionatining oltin medalini qo‘lga kiritdi.
Bundan tashqari, Otabekov yigitlar o‘rtasida musobaqaning eng yaxshi taekvondochisi deb topildi.
O‘zbekistonlik yosh taekvondochilar Osiyo chempionatini bittadan oltin, kumush va bronza medallari bilan yakunlashdi.
Bugun o‘smirlar o‘rtasidagi bellashuvlar boshlandi.
O‘zbekistonlik taekvondochi BAAdagi jahon chempionatida oltin medalga ega chiqdi