TOShKENT, 26-iyul — Sputnik. “Sharq” qo‘shinlari guruhi DXRdagi Zeloniy Gay va Dnepropetrovsk viloyatidagi Maliyevka aholi punktlarini ozod qildi, deb xabar berdi Rossiya Mudofaa vazirligi.
“Muvaffaqiyatli hujum harakatlari natijasida “Sharq” qo‘shinlari guruhi bo‘linmalari Donesk Xalq Respublikasidagi Zeloniy Gay va Dnepropetrovsk viloyatidagi Maliyevka aholi punktlarini ozod qildi”, — deyiladi xabarda.
Jang paytida Ukraina tuzilmalari yo‘qotishlarga duch keldi va orqaga chekinishga majbur bo‘ldi.
Shuningdek, rus jangchilari Dnepropetrovsk viloyatidagi Velikomixaylovka, Novogeorgiyevka, DXRdagi Iskra va Zaporojye viloyatidagi Temirovka tumanlarida dushmanning ikkita mexanizatsiyalashgan brigadasi va hududiy mudofaa brigadasini mag‘lub etdi.
Ukraina armiyasi frontning ushbu qismida 190 nafargacha harbiy, zirhli jangovar mashina, sakkizta avtomobil, dala artilleriya qurolini yo‘qotdi.