TOShKENT, 26-iyul — Sputnik. O‘zbekiston Jurnalistlar uyushmasi Xalqaro jurnalistlar uyi a’zoligiga qabul qilindi. Bu haqda “Dunyo” AA xabar berdi.
Xitoyning Szansi provinsiyasida “Matbuotning kuchi: sivilizatsiyalararo muloqot va global modernizatsiyaga jurnalistlarning ta’siri” mavzusida xalqaro media-forum bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda dunyoning salkam 60 mamlakatidan, jumladan, AQSh, Xitoy, Germaniya, Fransiya, Rossiya, Bolgariya, Belarus kabi davlatlardan yuz nafardan ortiq media sohasi vakillari va mutasaddi tashkilotlar rahbarlari ishtirok etdi.
Anjuman o‘zaro muloqot, tajriba almashish, jurnalistikaga oid so‘ngi yangiliklardan xabardor bo‘lish, sohaga doir muammolarga birgalikda yechim izlash bo‘yicha o‘ziga xos platformaga aylandi.
Forum doirasida O‘zbekiston Jurnalistlar uyushmasi Xalqaro jurnalistlar uyi a’zoligiga qabul qilindi.
A’zolik diplomini tadbirda ishtirok etgan Uyushma rahbari Xolmurod Salimov qabul qilib oldi.