O‘zbekistonlik baydarkachi jahon chempionatida sovrindor bo‘ldi

Arina Tanatmisheva marra chizig‘ini ikkinchi bo‘lib kesib o‘tdi va kumush medalga sazovor bo‘ldi.
Sputnik
TOShKENT, 26-iyul — Sputnik. O‘zbekistonlik baydarkachi Arina Tanatmisheva jahon chempionatida kumush medalga sazovor bo‘ldi. Bu haqda Milliy olimpiya qo‘mitasi matbuot xizmati xabar berdi.
Portugaliyaning Montemor-o-Velyu shahrida baydarka va kanoeda eshkak eshish bo‘yicha U18 va U23 yosh toifasidagi jahon chempionati o‘tkazilmoqda. Unda qatnashayotgan O‘zbekiston terma jamoasi dastlabki medalini qo‘lga kiritdi.
U23 yosh toifasida 1000 metr masofaga kechgan baydarkachilar bahsida Arina Tanatmisheva marra chizig‘ini ikkinchi bo‘lib kesib o‘tdi va kumush medalga sazovor bo‘ldi.
Musobaqa 23-27 iyul kunlari o‘tkazilmoqda.
Osiyo chempionati: o‘zbekistonlik baydarka va kanoechilar qanday natija qayd etishdi?