O‘zbekiston va YeOII

Markaziy Osiyo mamlakatlari sanoat salohiyatining jadal o‘sishi bilan ajralib turadi — YeIK

Markaziy Osiyo xalqaro iqtisodiy forumining panel sessiyasida YeIKning sanoat siyosati departamenti direktori Nikolay Kushnarev nutq so‘zladi.
Sputnik
TOShKENT, 26-iyul — Sputnik. Markaziy Osiyo xalqaro iqtisodiy forumida Yevroosiyo iqtisodiy komissiyasi (YeIK) sanoat hamkorlik imkoniyatlarini taqdim etdi. Bu haqda YeIK matbuot xizmati xabar berdi.
Dushanbe shahrida o‘tkazilgan Markaziy Osiyo xalqaro iqtisodiy forumining panel sessiyasida YeIKning sanoat siyosati departamenti direktori Nikolay Kushnarev nutq so‘zladi.
Nikolay Kushnarev o‘z nutqida Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi (YeOII) doirasidagi integratsiya jarayonlarini rivojlantirishning asosiy jihatlari va mumkin bo‘lgan istiqbollarini hamda ularda Markaziy Osiyo davlatlarining rolini qayd etdi.
YeIK departamenti rahbari YeOII va Markaziy Osiyo mamlakatlari iqtisodiyotining barqaror uzoq muddatli rivojlanishini ta’minlash uchun birgalikdagi sa’y-harakatlarni asosiy zamonaviy sanoat tarmoqlarida texnologik yutuqqa yo‘naltirish zarurligini ta’kidladi.
“Markaziy Osiyo mamlakatlari salmoqli resurs salohiyatiga ega va sanoat salohiyatining jadal o‘sishi bilan ajralib turadi. Bu yerda mamlakatlar uchun YeOII hududida qo‘shma yuqori texnologiyali ishlab chiqarish quvvatlarini yaratishda ishtirok etish uchun yaxshi imkoniyat, shuningdek, Yevroosiyo investitsiyalari va yangi texnologik hamkorlik imkoniyatlari yaratilmoqda”, — dedi Nikolay Kushnarev.
O‘zbekiston va YeOII
YeOII mamlakatlari sanoat kooperatsiyasini rivojlantiradi