Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi

Krasnoarmeysk mudofaasi bir necha hafta ichida qulaydi

Ukraina harbiy bo‘linmalari ta’minoti uchun muhim bo‘lgan transport chorrahalari Rossiya nazorati ostiga o‘tishi mumkin.
Sputnik
TOShKENT, 25-iyul — Sputnik. Krasnoarmeysk mudofaasi yaqin haftalar ichida qulashi mumkin, dedi britaniyalik harbiy ekspert va siyosiy tahlilchi Aleksandr Merkuris o‘zining YouTube kanalida.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Rossiya Qurolli kuchlari turli yo‘llarni E50 shossesi bilan bog‘laydigan asosiy chorrahalar va transport yo‘llariga yaqinlashmoqda. Bu shaharda joylashgan uchta Ukraina harbiy brigadasining to‘liq qurshab olinishi xavfini tug‘diradi.
"Vaziyat juda og‘ir. Biz bir necha kun yoki bir-ikki hafta ichida mudofaa qulashining boshlanishini kuzatayotgan bo‘lishimiz mumkin," - deya ta’kidladi ekspert o‘z videoblogida.
Avvalroq DXR rahbari Denis Pushilin asosiy janglar Udachnoe aholi punkti hududida bo‘layotganini ma’lum qilgandi.

Doneskdan 66 kilometr shimoli-g‘arbda joylashgan Krasnoarmeysk shahri Ukraina Qurolli kuchlarining Donbassdagi eng muhim transport markazlaridan biridir. Shaharni nazorat qilish uchun shiddatli janglar ketmoqda.
Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi
Rossiya qo‘shinlari Sumi viloyatidagi Varachino qishlog‘ini ozod qildi