TOShKENT, 25-iyul – Sputnik. O‘zbekiston bosh vaziri Abdulla Aripov Oltoyda bo‘lib o‘tayotgan xalqaro ekologik konferensiya ishtirokchilarini O‘zbekistonda ekoturizmni rivojlantirish uchun yaratilgan butun mavsumiy kurortlarga taklif qildi.
Mejdunarodnoy ekologicheskoy konferensii na Altae
© RIA Novosti / Dmitriy Astaxov
“Biz butun mavsumiy kurortlarni yaratish bo‘yicha loyihalarni faol amalga oshirmoqdamiz. Tog‘-chang‘i kurortlarini rivojlantirmoqdamiz. Barchangizni O‘zbekistonning tabiiy va madaniy boyliklarini tabiat orqali kashf etishga taklif qilamiz”, — dedi Aripov konferensiyada so‘zlagan nutqi davomida.
O‘zbekiston bosh vaziri mamlakatda dam olishni tabiatga g‘amxo‘rlik bilan uyg‘unlashtirgan ekoturizmni rivojlantirishga alohida e’tibor qaratilayotganini ta’kidladi.
Mejdunarodnoy ekologicheskoy konferensii na Altae
© RIA Novosti / Dmitriy Astaxov
“O‘zbekiston noyob ekotizimlarga ega – cho‘l va tog‘lardan tortib, YuNESKOning Butunjahon merosi ro‘yxatiga kiritilgan biosfera rezervatlarigacha”, — deya qo‘shimcha qildi Aripov.
U 2023-yilda Navoiy viloyatidagi Sentob qishlog‘i Butunjahon turizm tashkiloti tomonidan eng yaxshi turizm qishlog‘i, Samarqand esa jahon madaniy turizm poytaxti sifatida e’tirof etilganini eslatdi.
Xalqaro ekologik konferensiya Oltoy respublikasidagi “Manjerok” butun mavsumiy kurorti hududida 24-26 iyul kunlari bo‘lib o‘tmoqda. Unda Armaniston, Belarus, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston, Turkmaniston va O‘zbekiston hukumat delegatsiyalari ishtirok etmoqda.