Putin Mirziyoyevni tug‘ilgan kuni bilan tabrikladi

Putin Mirziyoyev rahbarligida O‘zbekiston iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanish yo‘lidan ishonch bilan borayotganini ta’kidladi.
Sputnik
TOShKENT, 24-iyul – Sputnik. Rossiya prezidenti Vladimir Putin O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevni tug‘ilgan kuni bilan tabrikladi. Bu haqda Kreml saytida e’lon qilindi.

“Hurmatli Shavkat Miromonovich, tug‘ilgan kuningiz munosabati bilan samimiy tabriklarimni qabul qiling. Siz haqli ravishda vatandoshlaringiz orasida va xorijda yuksak obro‘-e’tiborga egasiz. Siz shaxsan mamlakatlarimiz o‘rtasidagi har tomonlama strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarini mustahkamlashga katta hissa qo‘shapsiz. Va biz, albatta, do‘st Rossiya va O‘zbekiston xalqlari manfaati, mintaqaviy barqarorlik va xavfsizlikni ta’minlash manfaatlari yo‘lida ikki tomonlama hamkorlikning dolzarb masalalari bo‘yicha yaqindan hamkorlik qilishda davom etamiz”, — deyiladi tabrik matnida.

Putin Mirziyoyev rahbarligida O‘zbekiston iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanish yo‘lidan ishonch bilan borayotganini, mintaqaviy va xalqaro masalalarda muhim konstruktiv rol o‘ynayotganini ta’kidladi.
“Sizga chin qalbimdan mustahkam sog‘lik, farovonlik va davlat faoliyatingizda muvaffaqiyatlar tilayman”, — degan Putin Mirziyoyevga.
O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev bugun, 24-iyul kuni, 68 yoshni qarshiladi.
Shavkat Mirziyoyev Vladimir Putin bilan telefon orqali suhbatlashdi — nimalar muhokama etildi?