TOShKENT, 22-iyul – Sputnik. Rossiya harbiylari Donesk Xalq Respublikasida (DXR) Novotoreskoe aholi punktini ozod qildi. Bu haqda Rossiya Mudofaa vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.
“Markaz” qo‘shinlari guruhi bo‘linmalari faol xatti-harakatlar bilan Donesk Xalq Respublikasining Novotoreskoe aholi punktini ozod qildi” – deyilgan xabarda.
Rossiya Mudofaa vazirligi ma’lumotiga ko‘ra, bir sutka davomida “Markaz” bo‘linmalari DXRdagi Ukraina Qurolli kuchlarining beshta brigadasiga zarba bergan. Dnepropetrovsk viloyatida ham bitta brigada yakson qilingan.
“Markaz” harbiylari harakatlari hududida dushman 365 nafargacha askari, ikkita zirhli mashinasi, oltita dala artilleriya quroli, jumladan, Britaniyaning “Braveheart” o‘ziyurar moslamasini hamda ikkita avtomobilidan ayrilgan.