TOShKENT, 22-iyul – Sputnik. "Termiz" poligonida 15-21 iyul kunlari bo‘lib o‘tgan Rossiya va O‘zbekistonning "Hamkorlik-2025" qo‘shma taktik o‘quv mashg‘ulotlari yakunlandi. Bu haqda Rossiya Mudofaa vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, ikki davlat harbiylari chegara hududida shartli noqonuniy qurolli tuzilmalarni zararsizlantirish bo‘yicha harakatlarni mashq qildi.
Zavershilos sovmestnoe voyennoe takticheskoe uchenie voorujonnix sil Rossiyskoy Federatsii i Respubliki Uzbekistan
© Minoboroni Rossii
Mashqlar afsonasiga ko‘ra, NDF otradlari chegarani kesib o‘tib, chegarachilar bilan jangga kirishgan. Bunga javoban zarba beruvchi aviatsiya, dronlar va artilleriya ko‘magida tezkor harakat kuchlari hujumni qaytarib, hudud ustidan nazoratni qayta tiklagan.
Ikkinchi bosqichda shartli dushman chegara hududlarida o‘rnashib olishga uringan. Birlashgan kuchlar jangarilarni to‘sib qo‘ydi, FPV dronlari, zirhli texnikalar va PTUR yordamida texnika va pozitsiyalarni yo‘q qildi.
Qayd etilishicha, yakuniy bosqich dushman kuchlari yo‘q qilingan aholi punktiga hujum bo‘lgan.
Ikki davlat mashg‘ulotlari eng faol harbiy xizmatchilarni idoraviy ko‘krak nishonlari, yorliq va sovg‘alar bilan rag‘batlantirish bilan yakunlandi.
Zavershilos sovmestnoe voyennoe takticheskoe uchenie voorujonnix sil Rossiyskoy Federatsii i Respubliki Uzbekistan
© Minoboroni Rossii
Eslatamiz, o‘quv mashg‘ulotlari O‘zbekiston va Rossiya o‘rtasida imzolangan harbiy hamkorlik rejasiga muvofiq amalga oshirildi.