TOShKENT, 22-iyul – Sputnik. Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqiga (YeOII) a’zo mamlakatlarda 2025-yil yanvar-may davomida chakana savdo aylanmasi o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 3,2 foizga oshdi. Bu Yevroosiyo iqtisodiy komissiyasining oylik tahliliy sharhidan ma’lum bo‘ldi.
O‘sish quyidagicha qayd etildi:
Qirg‘izistonda – 24,6 foizga;
Belarusda – 9,3% foizga;
Armanistonda –7 foizga;
Qozog‘istonda – 6,5 foizga;
Rossiyada – 2,3 foizga.