Xorijiy investorlar kengashi kotibiyati nodavlat notijorat tashkilot sifatida tashkil etiladi

Prezident huzuridagi Xorijiy investorlar kengashi O‘zbekiston tomonining yangilangan tarkibi tasdiqlandi.
Sputnik
TOShKENT, 21-iyul – Sputnik. O‘zbekistonda Xorijiy investorlar kengashi kotibiyati nodavlat notijorat tashkilot sifatida tashkil etiladi hamda uning a’zoligiga xalqaro moliya institutlari ham jalb qilinadi. Prezidentning tegishli qarori 18-iyul kuni qabul qilindi.
Qaror bilan prezident huzuridagi Xorijiy investorlar kengashi O‘zbekiston tomonining yangilangan tarkibi tasdiqlandi.
Kengash kotibiyati tomonidan xorijiy investorlar bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri ishlash orqali mamlakatda investitsiya muhitini yaxshilash bo‘yicha takliflar ishlab chiqiladi, shuningdek, loyihalarni amalga oshirish uchun investitsiya mablag‘larini jalb qilishga ko‘maklashiladi.
Bundan tashqari, Kengashning davlat organlari va tashkilotlari bilan bog‘liq faoliyatini Kengash kotibiyati tomonidan muvofiqlashtirish bo‘yicha mahalliy va xorijiy kompaniyalar vakillari bilan maslahatlashuvlar tashkil etiladi.
Xorijliklar O‘zbekiston iqtisodiyotining qaysi sohalariga ko‘proq qiziqish bildirmoqda?