Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi

OAV: Rossiya va Ukraina muzokaralari chorshanba-payshanba kuni Istanbulda bo‘lib o‘tishi mumkin

Rossiya bir necha marta muzokaralarni davom ettirishga tayyorligini bildirgan.
Sputnik
TOShKENT, 21-iyul – Sputnik. Rossiya va Ukraina delegatsiyalarining muzokaralari Istanbulda chorshanba-payshanba, 23-24 iyul kuni bo‘lib o‘tishi mumkin. Bu haqda “İndependent türkce” nashri o‘zining manbalariga tayangan holda xabar bermoqda.
“Muzokaralar chorshanba yoki payshanba kuni bo‘lib o‘tishi mumkin. Joy, vaqt va uchrashuvdagi delegatsiyalar tarkibi haqida hech narsa xabar qilinmayapti”, - deyilgan xabarda.
Rossiya va Ukraina ikki marta bevosita muzokaralar o‘tkazdi. Ular 16-may va 2 iyun kuni Istanbulda bo‘lib o‘tdi. Ularning yakuni asirlar bilan o‘zaro almashish bo‘ldi. Shuningdek, Moskva Kiyevga minglab halok bo‘lgan ukrain askarlarining jasadlarini topshirdi. Qolaversa, tomonlar mojaroga barham berish yuzasidan memorandum loyihalari bilan o‘zaro almashishdi. Shu bilan birga muzokaralarning uchinchi bosqichi sanasi hozircha belgilanmagan. Rossiya bir necha marta muzokaralarni davom ettirishga tayyorligini bildirgan.
Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi
Kiyev bilan muzokaralar to‘g‘ri yo‘nalishda ketmoqda — Zaxarova