TOShKENT, 21-iyul – Sputnik. 21 iyul kuni Qirg‘izistonning O‘sh viloyatida sodir bo‘lgan 4 balli zilzila kuchi O‘zbekistonda sezildi, deb xabar bermoqda FVV Seysmoprognostik monitoring respublika markazi.
Zilzila episentri Toshkentdan 348 km janubiy-sharq joylashgan. Magnitudasi 3,7 ballni, chuqurligi 10 kilometrni tashkil etgan.
Andijon hududlarida sezilish kuchi:
Xonobod tumanida 2−3 ball, 29 km.
Qo‘rgontepa tumanida 2 ball, 36 km.