TOShKENT, 21-iyul – Sputnik. Qirg‘iziston Yevroosiy iqtisodiy ittifoqining (YeOII) to‘laqonli a’zosi sifatida Mo‘g‘ulistonga ittifoq bilan integratsiyada yordam berishga tayyor. Bu haqda Qirg‘iziston prezidenti Sadir Japarov Bishkekda mo‘g‘ulistonlik hamkasbi Uxnaagiyn Xurelsux bilan muzokaralar chog‘ida ma’lum qildi.
“Qirg‘iziston Yevroosiy iqtisodiy ittifoqining to‘laqonli a’zosi sifatida Mo‘g‘uliston va YeOII integratsiyasini qo‘llab-quvvatlashga tayyor”, - dedi Japarov.
Qirg‘iziston yetakchisining so‘zlariga ko‘ra, mamlakat YeOII va Mo‘g‘uliston o‘rtasidagi bitimni savdo-iqtisodiy munosbatlarni rivojlantirish uchun muhim vosita sifatida ko‘radi.
YeOII mamlakatlari va Mo‘g‘uliston o‘rtasida vaqtinchalik savdo bitimi 2025-yil 27-iyun kuni imzolandi. Hozir uning kuchga kirishini ta’minlash yuzasidan ishlar olib borilmoqda.