Talabalarni qabul qilish “avval test, so‘ng tanlov” tamoyiliga muvofiqlashtiriladi

OTMning bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga o‘qishga qabul qilish jarayonlari “avval test, so‘ng tanlov” tamoyiliga muvofiqlashtiriladi.
Sputnik
TOShKENT, 21-iyul – Sputnik. O‘zbekistonda talabalarni o‘qishga qabul qilish “avval test, so‘ng tanlov” tamoyiliga muvofiqlashtiriladi. 19-iyul kuni prezidentning 114-son farmoni bilan ayrim hujjatlarga o‘zgartirishlar kiritildi.
Unga ko‘ra, oliy ta’lim tashkilotlarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga o‘qishga qabul qilish jarayonlari “avval test, so‘ng tanlov” tamoyiliga muvofiqlashtiriladi.
Bundan tashqari, Toshkent shahridagi Turin politexnika universitetida talabalarni Turin politexnika universiteti (Italiya) o‘quv reja va dasturlari bilan bir qatorda boshqa ilg‘or xorijiy oliy ta’lim tashkilotlarining ham o‘quv reja va dasturlari asosida o‘qitish tizimi joriy qilinadi.
Bakalavr va magistrlar tayyorlash bo‘yicha davlat granti tasdiqlandi