O‘zbekiston va YeOII

YeOII mamlakatlarida uy-joylarni foydalanishga topshirish hajmi qanchaga oshdi?

Ittifoq davlatlarida foydalanishga topshirilgan uy-joylarning umumiy hajmining 85,1 foizi Rossiya Federatsiyasi hissasiga to‘g‘ri keldi.
Sputnik
TOShKENT, 20-iyul — Sputnik. Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi (YeOII)ga a’zo davlatlarda 2025-yilning yanvar-aprel oylarida uy-joylarni foydalanishga topshirish hajmi 2024-yilning shu davriga nisbatan 6,3 foizga oshdi.
Umumiy hajm 45 492 kvadrat metrni tashkil etdi.
Bunda o‘sish kuzatildi:
Armanistonda - 53,6% ga;
Qirg‘izistonda - 22,2%ga;
Belarusda - 12,1% ga;
Qozog‘istonda - 6,8% ga;
Rossiyada - 5,7% ga.
Joriy yilning yanvar-aprel oylarida Ittifoq davlatlarida foydalanishga topshirilgan uy-joylarning umumiy hajmining 85,1 foizi Rossiya Federatsiyasi hissasiga to‘g‘ri keldi.
Keyingi o‘rinlarda:
Qozog‘iston - 10,7%;
Belarus - 2,5%;
Qirg‘iziston – 1,2%;
Armaniston - 0,5%.
O‘zbekiston va YeOII
YeOII mamlakatlarida quruvchilarni tayyorlashga qaratilgan talablar ishlab chiqildi