“ARTmosfera” ko‘rgazmasi — yoshlar ijodining yangi nafasi

O‘zbekiston Tasviriy san’at galereyasida Yoshlar kuniga bag‘ishlangan “ARTmosfera” ko‘rgazmasi ochildi. Unda yosh rassomlar o‘z asarlari orqali jamiyat, tabiat va inson haqidagi fikrlarini bayon etmoqda.
Sputnik
Toshkentdagi O‘zbekiston Tasviriy san’at galereyasida “ARTmosfera” yoshlar ko‘rgazmasiga start berildi. Unda bir qator oliy o‘quv yurtlari — Milliy rassomlik va dizayn instituti, Kimyo Xalqaro universiteti, VGIK Toshkent filiali va boshqa OTMlar talabalari ishtirok etmoqda.
Ko‘rgazmada rangtasvir, grafika, haykaltaroshlik, installyatsiya, foto va video-art kabi turli janrlarda yaratilgan asarlar namoyish etilmoqda. Yosh ijodkorlar asarlari orqali inson va tabiat, xotira va zamon, an’analar hamda ularning zamonaviy talqini, shahar hayoti va kelajak kabi mavzularni yoritib berishga harakat qilishgan.
Ochilish marosimida bir qator iqtidorli ishtirokchilar maxsus diplomlar bilan taqdirlandi. G‘oliblar "Eng yaxshi rangtasvir", "Eng yorqin g‘oya", "Ijtimoiy mavzulardagi ishlanmalar" kabi nominatsiyalar bo‘yicha tanlab olindi.
“ARTmosfera” nafaqat ko‘rgazma, balki ijod va muloqot maydoni hamdir — bu yerda tomoshabinlar yosh rassomlar bilan bevosita suhbatlashish va ularning ishlari orqali yangi fikrlar bilan tanishish imkoniyatiga ega bo‘ladilar.
Ko‘rgazma 10-avgustga qadar davom etadi. San’atni qadrlaydigan va yangi iste’dodlarni kashf qilishni istaydigan barcha san’at ixlosmandlarini “ARTmosfera”ga tashrif buyurishga taklif etamiz.
1 / 18

O‘rimboy Qambarov "Etud". 2024, mato, moybo‘yoq

2 / 18

Rushana Alimova "Jannat". 2025, mato, moybo‘yoq.

3 / 18

Tamila Bismaxova "Dugonamga estalik uchun" 2025, mato, moybo‘yoq

4 / 18

Ko‘rgazma mehmonlari

5 / 18

Azizbek Teshaboyev "Olam bo‘ylab". 2025, mato, moybo‘yoq

6 / 18

Kamoliddin Hazratqulov "Chadaksoy", 2024, mato, moybo‘yoq

7 / 18

Sarvar Yo‘ldoshev "Ona". 2025, Mato, moybo‘yoq

8 / 18

Xojiakbar Nazirov Linefish. 2024, metall

9 / 18

Rushana Alimova "Men sizni tushimda ko‘raman, lekin bu bizning sirimiz" 2025, Mato, moybo‘yoq.

10 / 18

Janubiy Koreyadan ko‘rgazmaga tashrif buyurgan mehmon

11 / 18

O‘rimboy Qambarov "Etud". 2024, mato, moybo‘yoq

12 / 18

Lola Hakimova "Ov". 2023, mato, moybo‘yoq

13 / 18

Negina Kuchkarova "Bahor". 2021, mato, akril

14 / 18

Dilobar Yunusova "Sirli oqshom". 2024, mato, moybo‘yoq

15 / 18

Aleksanyan A, Chudova I-K, Sinitsina D. "Raqqosalar" 2025, aralash texnika

16 / 18

Kamoliddin Hazratqulov "Ko‘ksaroy", 2021, mato, moybo‘yoq

17 / 18

Hojiakbar Nazirov "Xoch balig‘i" 2024, metall

18 / 18

Ko‘rgazmaga tashrif buyurgan talabalar