TOShKENT, 19-iyul — Sputnik. Rossiya harbiylari Ukraina harbiy-sanoat majmuasining raketalar va hujumchi dronlar uchun butlovchi qismlar ishlab chiqaruvchi korxonalariga guruhli zarba berdi. Bu haqda Rossiya Mudofaa vazirligi xabar berdi.
“Bugun tunda <...> yuqori aniqlikdagi havo, quruqlik va dengiz qurollari, shuningdek, hujumchi dronlar bilan Ukraina harbiy-sanoat majmuasining raketalar va hujumchi dronlar uchun butlovchi qismlar ishlab chiqaruvchi korxonalariga guruhli zarba berildi. Barcha belgilangan obyektlarga zarba berildi”, - deyiladi xabarda.
Ukraina Qurolli kuchlarining fuqarolik obyektlariga hujumlariga javoban, Rossiya qo‘shinlari faqat dushmanning harbiy infratuzilmasi va korxonalariga yuqori aniqlikdagi havo, dengiz va quruqlikdagi qurollar, shuningdek, dronlar bilan zarba beradi.